22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Xavfsizlik
20 Yanvar  2019 1244

Salkam 12 million so‘mlik noqonuniy olib kirilgan muzlatkichlar fosh etildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqaro A.T. boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtoulov to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshiriladi. Mashina yukxonasida Q.O‘. ismli shaxsga tegishli, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan,  qiymati qariyb 12 million so‘mlik muzlatkichlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech