07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
10 Mart  2020 414

Safar samarali yakun topdi

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Novosibirsk viloyati hamda Moskva shahrida bo‘lib qaytdi.

Viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiyaning Novosibirsk viloyati va Moskva shahriga amaliy tashrifi davomida umumiy qiymati 141 million dollarga teng shartnomalar imzolanib,  shundan 61 million dollarlik meva-sabzavotlar yetkazib berish, 80 million dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya a’zolari dastlab, Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi rasmiy doira, ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Unda o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuni ta'kidlash joizki, birgina o‘tgan yilda Novosibirsk viloyatining O‘zbekiston Respublikasi bilan tovar ayrboshlash hajmi 88,9 million, dollarni tashkil etgan.

Jumladan, o‘tgan yilda Surxondaryolik tadbirkorlarning Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi 57,2 million dollarni tashkil etgan. Rossiyaning mintaqaviy korxonalari tomonidan meva-sabzavot, kalava ip va matolardan iborat to‘qimachilik mahsulotlari, xarid qilindi. Shuningdek, ular 38,1 million dollar miqdoridagi mahsulotlar, xususan, qurilish materiallari va uy-ro‘zg‘or buyumlari, kimyoviy va farmatsevtika mahsulotlari, mashina va uskunalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdilar.

Novosibirsk viloyatidan mamlakatimizga neft, organik kimyoviy birikmalar, plastmassa, yog‘och, qora metall prokatlari, rangli metal va formatsevtika mahsulotlari, elektor generator va uning ehtiyot qismlari keltirilgan.

O‘zbekistondan mazkur viloyatga trikotaj va kiyim-kechaklar, gilam mahsulotlari, paxta, kimyoviy tovarlar, meva-sabzovotlar, ziravor va konserva mahsulotlari eksport qilingan.

Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Novosibirsk viloyatidagi «Vektor-BiAlgam» aksiyadorlik jamiyatida faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kompaniya vaksinalar, immunobiologik pribiotiklar ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan bo‘lib, 1996-yilda tashkil etilgan.

«Vektor-BiAlgam» farmatsevtik immunobiologik mahsulotlar sohasida yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, A gepatitiga qarshi vaksinalarni ishlab chiqaradi. Kompaniya faoliyati bilan tanishuv asnosida farmatsevtika sohasida yaqindan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tashrif chog‘ida Rossiyaga ishlash uchun jo‘nab ketgan bir guruh surxondaryoliklar bilan ham uchrashdi.

Vohadoshlarimiz bilan bo‘lgan ochiq muloqotda ularning sog‘lig‘i, yashash va ishlash sharoitlari, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganildi.

Viloyati hokimi T. Bobolov hamda «EKO-kultura» agroxolding kompaniyasi prezidenti A.Rudakov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda, shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi B.Asadov ishtirok etdi.

«EKO-kultura» agroxolding kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 453,0 million dollarlik uchta investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Ushbu loyihalardan biri Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlashga mo‘ljallangan, yillik quvvati - 65,7 ming tonna, 340,0 million dollar miqdoridagi agrokompleksni tashkil etishdir.

Muloqot chog‘ida ushbu majmuani barpo etish, issiqxonalar qurilishini boshlash, sarmoya jalb qilish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Hozirda Surxondaryo viloyatida qo‘shni mamlakat sarmoyadorlari ishtirokida 111 xizmat ko‘rsatish, 49 qishloq xo‘jaligi va 35 sanoat sohasida qo‘shma hamda xorijiy korxonalar faoliyat yuritayotir, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech