07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Moliya
9 Yanvar  2019 2453

Kobrend-karta – bonuslar yig‘asiz, aviachiptaga almashtirasiz!

 «O‘zmilliybank» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK hamda «Visa» xalqaro to‘lov tizimi joriy yilning 1-fevralidan kobrend-kartalarni muomalaga chiqaradi.

Xo‘sh, ular qanday ishlaydi? Mahsulot xaridi paytida «Visa» kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda ballar taqdim etiladi. Ular ma’lum bir ko‘rsatkichga yetganda ballarni istalgan yo‘nalishga MAK aviachiptalariga bepul almashtirish yoki  «UzAirPlus» loyal dasturi shartlariga muvofiq ekonom-klass narxida biznes-klassda parvoz qilish mumkin.

Taqdimotda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi o‘rinbosari Azamat Quramboevning aytishicha, «MAK-O‘MB» kobrend-kartalari jahon an’analarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ularni bankda milliy yoki xorijiy valyutada rasmiylashtirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Visa Gold» kartasini ochish narxi 150 ming so‘m, «Visa Platinum» 250 mingga ochiladi. Bonuslar darrov beriladi – sovg‘a sifatida 1000 milya masofaga parvoz qilish taqdim etiladi, mijozni sug‘urtalash va konserj-xizmati (turli xizmatlarni tashkil etish va olish – mehmonxonalardan joy bron qilish, chiptalarni zaxiraga olib qo‘yish) ko‘rsatiladi.

«Visa Card» kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, hozirda mazkur amaliyot aviatashuvchilar tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida «Etihad Airways», «Qatar Airways», «Aeroflot» va boshqalar bor.

Otabek Iskandarov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech