16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Mamlakatimizda
13 Fevral  2019 1679

1-martdan telefon uchun abonent to‘lovi miqdori oshadi

«O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiyaning universal xizmatlaridan foydalanganlik tariflari o‘zgarganini ma'lum qildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq shahar va hududlarda asosiy telefon apparatidan foydalanish abonent to‘lovi oshirilgan.

Shuningdek, xizmatlarga to‘lovlarning abonent va vaqtbay tizimi hisob-kitoblari soddalashtiriladi, kechki soatlar va dam olish (bayram) kunlari amalga oshiriladigan mahalliy va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun  pasaytiriluvchi koeffitsientlar bekor qilinadi. Yurtimizning va mehmon fuqarolarga to‘lovdan ziyod har bir so‘zlashuv uchun uy va mehmonxonalar telefonlari orqali taqdim etiladigan kredit evaziga gaplashish to‘lovlari ham bekor qilinadi.

Biroq internetga kirish va telefondan foydalanish to‘lovlaridagi imtiyozlar saqlanib qoladi.

Boshqa universal xizmatlar tariflari o‘zgarishsiz qoladi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech