28 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Tashvishli xabar
9 Dekabr  2019 602

Rossiyaning Sverdlovsk oblastida vagon yonishi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari vafot etdi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko‘ra, 2019-yilning 8-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “Stroy proekt servis” MChJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma'lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqyea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati bilan rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

1.Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 y.t;

2.Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t;

3.Djumoev Ergash Binoevich, 1983 y.t.

Tan jaroxati olgan fuqaro:

1.Omanov Tolibjon Butaevich, 1966 y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” 78-147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech