05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

investitsiyalar
6 May  2020 432

Rossiyaning Selectel bulutli provayderi O‘zbekistonda

2020-yil 6-mayda Rossiyaning Selectel yetakchi bulutli provayderi O‘zbekistonda o‘z ish faoliyatini boshladi.

Kompaniya IT-ishlanmalarini va biznesni raqamlashtirish vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Selectel yangi bozorda rivojlanish yo‘lida uch yil ichida bir million dollargacha sarmoya kiritadi.

2020-yil 6-mayda O‘zbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat bo‘ldi. 2020 yil oxiriga qadar, Selectel shuningdek, Belarus bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda respublikada ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun bulutli xizmatlarga talab shakllanmoqda, jamoaviy faoliyat va biznes yuritish uchun yechimlar qidirilmoqda.

«Biz O‘zbekistonni ilk tashqi bozor sifatida tanladik, chunki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va hukumatning raqamli davlat va iqtisodiyot qurishga intilishlarini ko‘rib turibmiz. Bulutli texnologiyalar ushbu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz Selectel yechimlari nafaqat shiddat bilan rivojlanayotgan IT-sanoatida, balki O‘zbekiston uchun an’anaviy biznes sohalarida ham talabgor bo‘lishiga ishonamiz», - dedi Selectel bosh direktori Oleg Lyubimov.

Selectel o‘zining infratuzilmasini Toshkent shahridagi ma’lumotlar markaziga joylashtirdi, bu esa unga o‘rnatilgan xizmatlarning yuqori tezlikda va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Iyul oyiga qadar Selectel bulutli platformasi ishga tushiriladi. Bu har qanday miqyos va murakkablikdagi raqamli mahsulotlar uchun tez va arzon infratuzilmani yaratishga imkon beradi.

Selectel bozorni birgalikda rivojlantirish uchun mahalliy provayderlar va integratorlarga hamkorlikning turli xil ko‘rinishlarini taklif etadi. 

Selectel buning uchun provayder xizmatlari sherik brendi ostida sotiladigan mahsulotga birlashtiriladigan White Label sxemasi, va provayder sherigi tomonidan jalb qilingan mijozlardan kelib tushgan daromadlarini u bilan bo‘lishadigan Revenue Share sxemasi bo‘yicha hamkorlik dasturlarini tayyorladi.

Selectel 2008-yilda tashkil topgan va 10 yildan ortiq vaqt mobaynida bulutli xizmatlarni ishlab chiqarmoqda. Kompaniya Amazon Web Services, Rackspace va OVH bilan bir qatorda turgan holda Rossiyadagi Intel Cloud Technology global dasturining birinchi ishtirokchisi bo‘ldi. Bugungi kunda Selectel 15 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular orasida Sharqiy yevropadagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lgan «VKontakte», «Uchi.ru» xalqaro ta’lim platformasi, «Sitimobil» onlayn taksi buyurtma xizmati, «Samokat» taom yetkazib berish xizmati va boshqa taniqli brendlar o‘rin olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech