13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Dolzarb
14 Iyul  2020 408

Rossiyada 2 haftalik karantin bekor boʻldi

Xorijdan Rossiyaga kelganlar uchun 2 haftalik karantin bekor boʻldi.

15-iyuldan boshlab chet mamlakatlardan Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy karantin talab etilmaydi.

Xorijdan kirib kelgan barcha fuqarolar, shu jumladan, rossiyaliklar ham COVID-19 uchun test topshirgani toʻgʻrisida ingliz yoki rus tilidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishi lozim.

Test chet el fuqarosi Rossiyaga kelishidan uch kun oldin oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Agar bunday maʼlumotnoma yoʻq boʻlsa, uch kun davomida Rossiyada test topshirish mumkin.

Agar test natijalariga koʻra, fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlansa, u sogʻayguncha, yashash joyida oila aʼzolari bilan vaqtincha aloqani uzgan holda oʻz oʻzini izolyatsiya qilishi zarur boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech