04 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Ijtimoiy hayot
2 Iyul  2020 444

Rossiya Qozogʻiston chegarasidagi vaziyat nazoratga olingan

Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-oʻtkazish punktlari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborot bergan.

Mamlakatimizning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bergan maʼlumotga koʻra, Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-oʻtkazish punktlari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangani kuzatilmoqda.

Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

1-iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda, beradi TIV matbuot xizmati.

Shuningdek, xabarda Rossiya hududida boʻlib turgan fuqarolarimizdan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklari, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlari va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya etishlari soʻraladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech