29 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,8 °C

Xalqaro hamkorlik
16 Mart  2020 1008

Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni tark etmoqchi bo‘lgan vatandoshlar uchun maxsus samolyot tashkil etadi 

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekistonni tark etmoqchi bo‘lgan vatandoshlar uchun maxsus samolyot tashkil etish masalasi ustida ish olib bormoqda. Bunga, O‘zbekiston hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan boshqa mamlakatlar bilan transport aloqasi to‘xtatilgani haqidagi qarori sabab bo‘ldi, deb ma’lum qildi Rossiyaning mamlakatimizdagi diplomatiya missiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston hukumati 15 mart kuni Fransiyadan qaytgan fuqaroda COVID-19 koronavirus aniqlangani haqda xabar ortidan dushanba kuni boshqa davlatlar bilan avia va avtomobil aloqalarini to‘xtatganini e’lon qildi. Payshanbadan boshlab temiryo‘l aloqasi ham to‘xtatiladi. Xorijiy fuqarolar uchun ham yurtiga qaytish uchun charter reyslari tashkil etiladi, deyiladi mazkur xabarda.

"Hozirda Rossiya fuqarolarini O‘zbekistondan olib ketish uchun maxsus bortlar tashkil etilmoqda. O‘zbekistonni tark etishni istagan rossiyalik fuqarolarning ro‘yxati tuzilmoqda. Dipmissiya qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar so‘rov qog‘ozlarini to‘ldirib, elchixona konsullik bo‘limining elektron manziliga jo‘natishi mumkin ", - deyiladi elchixona saytida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech