01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,4 °C

Tashvishli xabar
26 Fevral  2020 777

Rossiyada vafot etganlarning jasadi olib kelindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yilning 18-fevral kuni Rossiyaning Krasnodar shahridagi qurilish obektlaridan birida O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilib tushib vafot etganligi, hamda 19-fevral kuni Volgograd viloyati Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yana bir yurtdoshimiz halok bo‘lganligi  haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq huquqiy-tashkiliy masalalar olib borilayotgani ma'lum qilingan edi.

Bugun vafot etganlarning jasadi Krasnodar – Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

Qayd etish lozimki, Krasnodar shahrida vafot etgan fuqaroning ixtiyoriy tibbiy sug‘urtasi mavjud bo‘lgan va mazkur sug‘urta polisida jasadni vatanga qaytarish ham sug‘urtalangani sababli, marhumning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech