24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Bilasizmi?
10 Fevral  2019 1289

Tailandda xodimlar robotlarga almashtirilmoqda

Aloqa xizmatini taklif etuvchi va ko‘rsatuvchi «AIS» kompaniyasi xuddi shu yo‘l bilan sarf-xarajatlarni kamaytirib, daromadni oshiriishga qaror qildi.

«Bangkok Post» nashrida keltirilishicha, Pxuket aholisiga robotlar xizmat ko‘rsatadi. Bunday aqlli do‘konni qurish uchun 635 ming AQSh dollari sarflangan. Bu yerda navbatlar bo‘lmaydi va naqd pulsiz savdolar amalga oshiriladi.

Manbada keltirilishicha, firmaning 161 ta ana shunday savdo nuqtasi mavjud.

Odamlar o‘rniga ishlaydigan robotga «Liza», deya nom berilgan va u sun’iy zakovatga ega. Qurilma yordamida foydalanuvchilar xizmatlar haqida ma’lumot olishi va sensor ekran orqali buyurtmalar berishi mumkin.

Yangi texnologiyani joriy etishni bu yerga juda ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan Pxuket shahridan boshlashga qaror qilindi. Kelgusida amaliyotni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.

2018-yilda kompaniyaning sof daromadi 941 million dollarni, ya’ni undan oldingi yilga qaraganda 7,7 foizga ko‘pni tashkil etgan.

Bangkokpost surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech