19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Sport
28 Yanvar  2019 1774

Roberto Karlos Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida gol urdi

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlosning yurtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar bergandik.  Bugun ushbu futbol yulduzi poytaxtimizga keldi. “Real” klubining sobiq a’zosi dastlab O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do‘ppimiz sovg‘a qilindi. 

Shundan so‘ng, braziliyalik jahon chempioni  yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi, deb yozmoqda O‘FA matbuot xizmati. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roshin kabi futbolchilardan tashkil topgan “Paxtakor” va O‘zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p surdi. Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. 

 

Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg‘alar taqdim qildi. 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech