19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Sport
28 Yanvar  2019 1026

Roberto Karlos: “O‘zbek futboli haqida yetarlicha tasavvurga egaman”

Bugun Toshkentga jahon futboli afsonasi Roberto Karlos kelgani va uning ishtirokida yosh futbolchilar bilan master-klass hamda faxriy futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Kunning ikkinchi yarmida Roberto Karlos ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida braziliyalik futbolchi jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda. E’tiboringizga Roberto Karlosning fikrlarini havola qilib o‘tamiz.

 

“Kecha Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Espanol” – “Real Madrid” uchrashuvini tomosha qildim. Keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentga uchib keldim. Uzoq parvoz toliqtirganiga qaramay, bugun O‘zbekistondagi bolajonlarni ko‘rib, ular bilan mahorat darslarini o‘tib juda xursand bo‘ldim. Bundan tashqari, Mehribonlik uylariga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdik. Bu uchrashuvlar menda juda yaxshi taassurotlar qoldirdi. 

 

O‘zbekistonga kelishimga yordam bergan barcha insonlarga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlariga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman.

 

O‘zbekistondagi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdik. Ularning iste’dodli ekanliklariga guvoh bo‘ldim. Agar akademiyalarda kuchli murabbiylar ishlasa va ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, kelajakda bu akademiyalardan yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi. 

 

O‘zbek futboli haqida menda yetarlicha tasavvur bor. Terma jamoangiz sardori Odil Ahmedov bilan yaxshi tanishman. U bilan Rossiyaning “Anji” klubida birga to‘p surganmiz. 

 

Men birinchi shartnomamni imzolayotganda oilam haqida o‘ylaganman. Dadamga alohida uy sotib olib berishni orzu qilardim. Keyinchalik bu orzuimni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldim. Men doimo oila a’zolarim haqida qayg‘uraman.

 

Avvallari kuchli futbolchilar ko‘p bo‘lardi. “Oltin to‘p” uchun kamida 15 tacha da’vogar bo‘lardi. Hozir faqat Ronaldu va Messi bor. Ularning yoniga Neymar va Mbappeni qo‘shish mumkin, xolos.

 

O‘zbek taomlarini juda yaxshi ko‘raman. Moskvada 3 yil yashaganman, o‘sha vaqt davomida asosan o‘zbek taomlari tayyorlaydigan restoranda ovqatlanganman. 

 

Men butun borlig‘im bilan “Real Madrid” klubiga tegishliman. Masalan, Karlos Puyolni hech kim “Real” libosida tasavvur qila olmaydi. Shuningdek, meni ham “Barselona” libosida tasavvur qilish ilojsiz. Men “Qirollik klubi”ning vakiliman. Oxirigacha shunday bo‘lib qolaman. Mening fikrimcha, Bekxem, Raul, Zidanlar to‘p surgan “Galaktikos” eng kuchli jamoa edi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech