03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Salomatlik
30 Iyun  2020 196

Respublika maxsus komissiyasi xabar beradi

Joriy yil 1-iyuldan boshlab:

- respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

- “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;

- “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar uch toifaga ajratiladi:

- koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan) bemorlar;

- koronavirus infeksiyasi oʻrtacha ogʻir kechayotgan (tana harorati koʻtarilayotgan) bemorlar;

- koronavirus infeksiyasi ogʻir kechayotgan bemorlar.

Joriy yil 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etiladi:

- kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi;

- shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etiladi;

- koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi muloqotda boʻlganlar 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan roʻyxatga asosan mehmonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi;

- birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini oʻtkazish vakolati Bosh sanitar shifokor koʻrsatmalaridan kelib chiqib hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;

- aholining populyatsion maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sogʻliqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech