02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Mamlakatimizda
24 Mart  2020 688

Respublika Maxsus komissiyasi axboroti

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan chet eldagi fuqarlarimizni charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, koronavirus pandemiyasi aniqlangan va tarqalagan hududlardan bugunga kunga kelib yuzlab yurtdoshlarimiz maxsus charter reylar orqali mamlakatimizga barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilingan holda olib kelindi. Ular respublika hududlarida tashkil etilgan toʻliq karantin talablari asosida jihozlangan maxsus muassasalarga joylashtirildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda chet eldan olib kelingan oʻzbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanmoqda.

Chet eldagi fuqarolarimizni charter reyslar orqali olib kelish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan joniy yilning 24-27-mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti boʻyicha soat 17:00da), Turkiyaning Istanbul shahridan 24 hamda 27-mart kunlari 2 ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti boʻyicha soat 23:00da), shunigdek, Koreyaning Seul shahridan 29-mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.

Xuddi shu kabi kelgusi haftada ham RossiyaFederatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan fuqarolarimizni yurtimizga charter reyslari orqali olib kelish ishlari davom etmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, samolyot ekipaji aʼzolari ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari koʻrilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda boʻlib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli boʻlishlari soʻraladi.

Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan oʻtkaziladi va qatʼiy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech