09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,4 °C

Xavfsizlik
27 Fevral  2020 1182

Janjalga ketmon barham bermadi

Beruniy tumanidagi qo‘shnilarning o‘zaro bir-birini haqorat qilishi og‘ir oqibatlarga olib keldi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi «Tinchlik» ovulida 28 yoshli ayol va uning 56 yoshli qaynonasi 36 yoshli qo‘shnisi bilan o‘zaro bir-birlarini haqorat qilib janjallashib, janjal vaqtida, qo‘shni ayolning 39 yoshli eri xotinini yonini olish maqsadida, janjalkash qo‘shnisining bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan, natijada ayol shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech