04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,8 °C

Urbanizatsiya
29 Iyun  2020 312

Toshkent shahrining barqarorlik strategiyasi boʻyicha tavsiyalar

Toshkent shahar hokimligida “Toshkent shahrining barqarorlik strategiyasi boʻyicha tavsiyalar” mavzusida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Davron Hidoyatov, Jahon bankining infratuzilma boʻyicha katta iqtisodchisi va loyiha rahbari Aksel Braymler, shuningdek, Jahon banki, Ove Arup & Partners International Ltd., Deltares, IKS xalqaro kompaniyalari vakillari, hokimlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiya kelgusi ishlarni muhokama qilish, COVID-19 sharoitida ish olib borish yoʻllarini belgilash uchun qulay imkoniyat boʻldi.
Jahon bankining infratuzilma boʻyicha katta iqtisodchisi va loyiha rahbari Aksel Braymler hozirgi global pandemiya sharoitiga qaramay, oʻzaro hamkorlik doirasidagi ishlar bir maromda ketayotganini, belgilangan rejalar oʻz vaqtida bajarilayotganini, taʼkidladi.

Ove Arup & Partners International Ltd. kompaniyasining direktori doktor Metyu Fri ishtirokchilarni bajarilgan ishlar taqdimoti bilan tanishtirib, ushbu ishlar Jahon banki boshchiligidagi Ove Arup & Partners International Ltd., Deltares, IKS kompaniyalari jamoaviy harakatining samarasi ekanligini taʼkidladi. Doktor Fri anjuman ishtirokchilarini loyiha bosqichlari bilan tanishtirib, uning birinchi bosqichi, yaʼni diagnostikaning ilk natijalari yakuniga yetganini, hozirda Toshkentning raqamli modeli ishlab chiqilganligini maʼlum qildi. Loyihaning keyingi bosqichlari barqarorlik diagnostikasi, barqarorlik boʻyicha tavsiyalar, harakatlar rejasi va investitsion rejalardan iborat ekanligini bildirib, loyiha 2020-yilning yakuniga qadar toʻliq amalga oshirilishi koʻzda tutilganligini eslatib oʻtdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Videomuloqot yakunida Davron Hidoyatov chet ellik hamkorlarga tashkil qilingan anjuman uchun minnatdorlik bildirib, katta ish bajarilganini, kelgusida yana hamkorlikda qilinadigan ishlar koʻpligini, shu bilan birga berilgan maʼlumotlarni batafsil oʻrganish zaruriyati mavjudligini taʼkidladi. Hokimlik xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikka, barcha maʼlumotlarni toʻliq va oʻz vaqtida taqdim qilishga tayyorligini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech