18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,7 °C

Transport
17 Dekabr  2018 1443

Tadbirkorga yanada yengillik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-oktyabrdagi «Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori bilan sayyohlar avtotransportini sertifikatlashtirish tartibi soddalashtirildi.

Yuqorida tilga olingan va 2017-yil 25-oktyabrda qabul qilingan Umumiy texnik reglament kuchga kirgandan so‘ng avtobuslarni sertifikatlashtirish tartibi juda murakkablashib ketgani sababli tadbirkorlar tomonidan shikoyat va noroziliklar ko‘paydi.

Hujjat mamlakat hududida muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalari xavfsizligiga talabni o‘rnatadi. Shuningdek, ushbu talab respublikamizga olib kiriladigan haydovchisi bilan sakkiz va undan ortiq nafar kishini tashishga mo‘ljallangan turistik toifadagi avtotransportlarga ham taalluqli.

Shu munosabat bilan hukumatning mos qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikamizga olib kiriladigan haydovchisi bilan sakkiz va undan ortiq nafar kishini tashishga mo‘ljallangan turistik toifadagi avtotransportlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining iltimosiga binoan Umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan transport vositalari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.

Yana bir gap, turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan olib kirilayotgan transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yig‘imdan tashqari) ozod etiladi.

Konstantin Bashlaev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech