05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Hukumat
22 May  2020 744
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Go'sht narxini arzonlashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga safari chog'ida Marhamat tumanidagi “Vodiy hamkor agrofirmasi” tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan ham tanishdi.

1 gektardan ziyod maydonda tashkil qilingan mazkur klaster joriy yil 1 maydan ishga tushdi.

Kooperatsiya usulida 50 ta xonadonga quyonlar tarqatilib, ulardagi odamlar bandligi ta'minlandi. SHuningdek, quyon terisini oshlash va teridan telpak tikish tsexida 20 ta ish joyi yaratiladi.

Korxonaga “Kaliforniya”, “YAngi Zelandiya”, “Flander”, “Reks” va “Velikan” zotli 1000 bosh quyon olib kelingan bo'lib, bir yil davomida ular soni 30 ming boshga etishi kutilmoqda.

Quyonchilik klasteri tomonidan bir yilda jami 3 milliard so'mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish, 150 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

SHu erda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik korxonalari salohiyati haqida ma'lumot berildi.

- Andijonda chorva kam, go'sht boshqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq ko'paytirilib, go'shti iste'molga chiqarilsa, viloyatda go'sht narxi tushadi. Kambag'al oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad bo'ladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari shu bilan shug'ullanishi kerak, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Viloyatda omixta em ishlab chiqarishni ko'paytirish, quyonchilikni 1 million boshga etkazish bo'yicha topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech