19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Madaniyat
21 Yanvar  2019 807

Real voqealarga asoslangan film katta ekranlarda

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan  “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Opa” filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Filmning taqdimotini “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va  Respublika Mahallalar boshqaruvi kengashi raisi Shavkat Javlonov ochib berishdi. Filmda mahalladagi insonlar, ularning hayoti, turmushi real voqealar bilan gavdalanadi. Shu bois o‘z rolini mahorat bilan ijro etgan aktyorlarga Mahallalar boshqaruvi kengashi tomonidan diplomlar va sovg‘alar taqdim qilindi.

Kinorejissyor Ahmadjon Unarboyev tomonidan Farg‘ona viloyatida suratga olingan filmda mahallalarda uchrab turadigan turli-tuman voqealar, insonlarning bir-biriga oqibati, mahalla faollarining o‘z qishlog‘ini farovon turmushi uchun sadoqat bilan xizmat qilishi asosiy g‘oya sifatida ko‘rsatiladi.

Mazkur filmda bosh qahramon Yulduz ismli ayol qishloq fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritadi. Qishloq ahli uning uchun bir tan, bir jon  –  baridan o‘z mehrini ayamaydi, qariyalar uchun jonkuyar farzand ekanligi aks ettirilgan.

Asosiy rollarni Tamara Hazratqulova, Rajab Adashev, Zilola G‘ulomova, Oysha Jo‘rayeva, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Miraliyev, Tohir Saidov, Abduraim Abduvahobov va  ko‘plab el suygan aktyorlar ijro etishgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech