21 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Madaniyat
3 Mart  2020 2105

Samarqandda moturidiya ta’limoti o‘rganilmoqda 

Samarqand shahrida «Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Fanlar akademiyasi kabi tashkilotlar tomonidan Misrning Al-Azhar majmuasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Tayyib boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Iordaniya, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Shveytsariya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan 70 ga yaqin ulamolar, islomshunos olimlar, nufuzli ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda asriy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish, e’tiqod erkinligini ta’minlash, xususan, ezgulik va yaxshilikka asoslangan islom dinining asl mohiyatini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Islom dini rivojida beqiyos o‘rin egallaydigan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan mazkur anjumanda muhokama etiladigan mavzular islomning asl mohiyatini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishi, konferensiya yakuni bo‘yicha qabul qilinadigan hujjatlar esa islom madaniyati va sivilizatsiyasini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qilishi qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech