12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Harbiy
15 Avgust  2019 1379

O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi

Bugun, 15-avgust kuni Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida 5 avgustda boshlangan  “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari – 2019” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Armaniston, Xitoy, Hindiston va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro belashdi.

Tanlov beshta – “Desant bo‘lib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so‘qmog‘i”ning kompleks to‘siqlarini yengib o‘tish”, “O‘q otish” va “Razvedka bo‘linmasining vazifani bajarganidan so‘ng yig‘in punktiga chiqishi” bosqichlaridan iborat bo‘ldi.

Alohida ta'kidlash lozim-ki, oxirgi – beshinchi bosqichda o‘zbekistonlik razvedkachilar yuqori natijalarni ko‘rsatib, qurol-aslahalar va to‘liq jangovar ekipirovkada suvli to‘siqdan suzib o‘tish shartini 13 daqiqayu 22 soniyada bajarib, musobaqa rekordini o‘rnatishdi.

Bo‘lib o‘tgan barcha beshta bosqich natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik qo‘shin razvedkachilari ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Musobaqa yakunida shohsupa quyidagicha ko‘rinish oldi:

I o‘rin – Hindiston jamoasi;

II o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi jamoasi;

III o‘rin – Rossiya Federatsiyasi jamoasi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi faxrli 3-o‘rinni (Rossiya Federatsiyasi va Xitoydan keyin) egallashgan edi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech