28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Ta'lim
22 Iyun  2020 1606

Imtihon manzilini koʻrsatib beruvchi mobil ilova ishlab chiqildi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillarini koʻrsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

Ilova mualliflari TATU magistri Gʻ. Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlardir.

Ilovaga yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan binolar roʻyxati hamda geomanzillari toʻliq kiritilgan. Agarda biror sabablarga koʻra DTM tomonidan koʻrsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, oʻzgartirishlarni tezda qoʻshish va bu oʻzgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor. Ilova Google Play ga joylashtirilgan.

Mamlakatimizdagi OTMlarga kirish uchun imtihon topshirish istagida yurgan abituriyentlar mobil ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mrmanager.imtihongo

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech