22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
28 Oktyabr  2019 522

Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir startegiyasi loyihasi ishlab chiqildi

23-24 oktyabr kunlari Minsk (Belarus)da Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasida MDHga a'zo mamlakatlarning 2021-2030-yillarda Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishni tugatish hamda uni muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi.

Unda Belarus, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur loyihani ishlab chiqish va MDH hukumatlari rahbarlari kengashiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritishga doir qaror joriy yilning 9-10-iyulida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlarining Turizm kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi. Hujjat Hamdo‘stlik doirasida turizm sohasida amalga oshirilayotgan ikkinchi Hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi hisoblanadi. Amaldagi strategiya 2020-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan. Yangi strategiyani ishlab chiqishda turizm sohasining so‘nggi dolzarb tendensiyalari inobatga olindi, shuningdek MDHga a'zo mamlakatlarda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilinib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida MDH mamlakatlari ekspertlari 2021-2030-yillarda Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishni tugatishdi hamda davlatlardan kelib tushgan takliflar asosida hujjatni muvofiqlashtirishdi.

Hujjatni MDH hukumatlari rahbarlari kengashiga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritishga qaror qilindi. Ekspertlar uchrashuvidagi barcha materiallar davlatlar ichida muvofiqlashtirish uchun MDH mamlakatlariga yo‘llanadi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 9-iyulidan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi MDH mamlakatlarining Turizm kengashiga raislik qilib kelmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech