26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Sport
19 May  2019 627

Ravshan Ermatov yosh hakamlar uchun seminar o‘tkazdi

O‘FA tomonidan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hakamlarni katta musobaqalarga tayyorlash maqsadida bir necha seminar-treyninglar o‘tkazildi.

Shunday seminarlardan bir nechasida jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi referi Ravshan Ermatov ham qatnashdi va o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar mashg‘ulotlari Toshkentdagi “Chig‘atoy” sport bazasi va “Bunyodkor” akademiyasi binolarida bo‘lib o‘tdi. Seminarda shuningdak, tajribali Vladislav Seytlin hamda hakamlar nazoratchilari Marat Ismoilov va Arslon Hotamovlar yosh hakamlar bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida jami 31 nafar yosh hakamlar ishtirok etishdi. Endilikda bunday o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkaziladi, deya xabar beradi O‘FA rasmiy sayti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech