17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,6 °C

Sport
5 Yanvar  2019 1201

Ravshan Ermatov Suriya – Falastin uchrashuvini boshqaradi

Xabaringiz bor bugun Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi boshlanadi. Bugun, 5-yanvar kuni ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahrayn bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvni iordaniyalik hakam Adham Muhammad boshqarib boradi.

6-yanvar kuni Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan Suriya – Falastin uchrashuviga esa hamyurtimiz Ravshan Ermatov hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yorda berishadi. Darvoza ortida esa Ilgiz Tantashev va Valentin Kovalenko ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Sergey Grishchenko (Qirg‘izston).

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech