16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Bilasizmi?
26 Avgust  2019 501

O‘simliklar oldingidan ancha tez yo‘qolib bormoqda

Mutaxassislarning fikricha, o‘simliklar ilgarigiga qaraganda 350 marta tezroq yo‘qolib bormoqda.

Jarayon shunday sur'atlarda rivojlanmoqdaki, olimlar uni jiddiy ravishda yer yuzidagi hayot tarixida oltinchi ommaviy qirilish, deya atamoqda. naked-science.ru ning xabar berishicha, yaqinda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar soni milliondan oshgan.

Makkuori universiteti biologi Yoxan Leru va uning avstraliyalik hamda janubiyafrikalik hamkasblari o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishi bugun o‘rta hisobda 350 marta tezroq sodir bo‘layotganini «Current Biology» jurnalida aytib o‘tishgan.

Mualliflar ushbu o‘zgarishlarga ta'sir qiluvchi omillar orasida inson faoliyatini ham tilga olishgan: qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiya - biologik xilma-xillik farq qilmaydigan «qaynoq» nuqtalarda ham, «sovug‘i»da ham. O‘tsimon o‘simliklar ayniqsa, bu borada ancha zaif ekani ta'kidlangan. Olimlar ularning turlarini yo‘qotish insoniyat oldida turgan eng xavfli muammolardan biri demoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech