25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Harbiy
27 Mart  2019 1116

Rasmiy xabar: Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ogohlantiradi!

Oldin xabar berilganidek, 26-mart kunidan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlarining jangovar shayligini nazoratdan oʻtkazish maqsadida toʻsatdan tekshiruv boshlandi.

 

Shu sababli Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi — Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yoʻllarida 27-, 28- va 29-mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kolonnalarning harakatlanishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakatimiz fuqarolaridan ogʻir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yoʻllari orqali harakatlanishi vaqtida koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining talablarini soʻzsiz bajarishlarini soʻraydi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech