03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Mamlakatimizda
25 Iyun  2019 1257

Rasmiy: Shveytsariya Gulnora Karimovaning hisob raqamlarida muzlatilgan 133 mln. dollarni O‘zbekistonga qaytaradi

Shveytsariya Gulnora Karimova ishi bo‘yicha tergov davomida olib qo‘yilgan 130 million shveytsariya frankini (133 million AQSh dollariga yaqin) O‘zbekistonga qaytaradi. Bu haqda Shveytsariya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

 «Olti yildan ortiq davom etayotgan jinoiy tergov doirasida bosh prokuratura kompaniyalardan, ayniqsa, o‘zbek bozoriga kirish va o‘z faoliyatini davom ettirishni istagan chet el kompaniyalaridan, noqonuniy ravishda katta miqdorda pul olish sxemalari mavjudligiga dalillarni topdi», deyiladi Shveytsariya nazorat boshqarmasi xabarida.

Bosh prokuratura ushbu sxema doirasida mablag‘lar chet elda, birinchi navbatda Shveytsariyada yuvilganligini ta’kidladi.

 «O‘tkazilgan tekshiruvlar asosida 130 million muzlatilgan shveytsariya franki O‘zbekistonga qaytariladi», deyishmoqda Bosh prokuraturada.

Bundan sal oldinroq Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida onasining navbatdagi murojaatini e’lon qilgandi. Gulnora Karimova o‘zbekistonliklardan kechirim so‘radi va hukumatga 1,2 milliard dollarni qaytarganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 21-avgustda Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan Gulnora Karimova 2 trillion 91,4 milliard so‘mlik soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor, deb topilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech