19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Xavfsizlik
5 Yanvar  2019 1198

Parfyumeriya vositalarini yashirin olib o‘tishga urinish fosh etildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga doir yana bir bojxona qoidabuzarligi fosh etildi.

Bojxona postiga qo‘shni davlatdan “Gaz-2217” rusumli yuk avtomashinasida kirib kelgan fuqaro I.S. bojxona nazoratidan o‘tkazilganda unda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 30 xildagi  jami 48 dona parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 5,4 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbaot xizmati ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech