23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2019 1291

Rashk ortidan qotillik

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:30 larda Sh.Rashidov tumani, "Eski Toshkentlik" mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borib, undan  o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqyea joyidan yashiringan.

Sh.A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.

Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech