20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Turizm
20 Iyun  2020 1256

Raqamlashtirish mehmonxona tizimiga joriy etiladi

Mehmonxona biznesini rivojlantirishda BAAning yetakchi mutaxassislari koʻmak beradi.

Mehmonxona sohasi Oʻzbekiston iqtisodiyotning eng tezkor va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan sohalaridan biri boʻlib, yiliga 15-20 foizga oʻsib bormoqda.

2020-yil 16-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Otelerlar uyushmasi va “ATECA” xoldingi (BAA) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga koʻra, Oʻzbekistonda mehmonxonalar va joylashtirish vositalarini rivojlantirish, ulardagi xizmatlar sifati va boshqaruv standartlarini yaxshilashga doir qoʻshma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xolding raisi Mishel Nobletnig koʻp yillik tajribasi va uning jamoasidagi “ATECA” mutaxassislari malakasini inobatga olgan holda, uch tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi. Ular quyidagilardan iborat:

- joylashtirish vositalarining zamonaviy boshqarish texnologiyalari va integrallashgan tizimlarini joriy qilish;

- xalqaro standartlarga muvofiq mehmonxonalarning tasniflash tizimi va texnik xususiyatlarini takomillashtirishni joriy qilish (shu jumladan loyihalashtirish bosqichida);

- Oʻzbekistonning mehmonxona sektoridagi investitsiya imkoniyatlari va salohiyatni chet elda targʻib qilish, mamlakatga xalqaro mehmonxona tarmoqlarini jalb qilish;

- mehmonxona va joylashtirish vositalari sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha trening va tadbirlarni tashkil qilish;

- sohaning raqamli transformatsiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan innovatsion texnologik yechimlarni jalb qilish.

Dunyoda iqtisodiyotning global raqamlashtirilishi mehmondoʻstlik siyosatini yangi asoslarini yaratdi. BAA mutaxassislari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda mehmonxona biznesi raqamlashtirishning yangi bosqichiga koʻtariladi.

Malumot uchun: Mishel Noblet taniqli mutaxassis boʻlib, koʻp yillar davomida “Le Meridien Hotels & Resorts” tarmogʻini rivojlantirishga masʼul boʻlgan. 2003-2013-yillar davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasida 53 mehmonxonadan iborat tarmoqni boshqargan “HMH — Hospitality Management Holding” xoldingi (Dubay) bosh direktori va taʼsischi-hamkori sifatida faoliyat yuritgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech