26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Bilasizmi?
26 Fevral  2019 1991

Qadimda tulkilar qo‘lga o‘rgatilgan ekan

Birdaniga bu gapga ishonish qiyin, albatta, biroq mutaxassislar qo‘lga kiritgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

 

Ispaniyalik arxeologlar Pireney yarimoroli shimoli-sharqida juda qadimiy qabrga duch kelishdi. Unga insonlar bilan xonakilashgan tulkilar ham ko‘milgan ekan.

EurekAlert nashrida aytilishicha, bunda gap eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar haqida boradi.  Shuningdek, arxeologlar Barselona yaqinidagi Kan-Roket hududidan topilgan daliliy ashyoni ham juda qiziq, deb hisoblamoqda. Qadimiy qabrda bir panjasi singan qari tulki qoldiqlariga duch kelishgan. Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, tulkiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ya’ni o‘sha davr odamlari singan suyakka shina qo‘yishgan, deya xabar beradi manba.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech