20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +41,2 °C

Mamlakatimizda
2 May  2019 1064

6-maydan Ramazon oyi boshlanadi

Kecha Prezidentimiz “Muborak ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra Ramazon oyi may oyining 6-sanasidan boshlanadi.

Hujjatda mahalliy hokimliklar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an'ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, joylarda insoniylik, ma'naviy poklik, shukronalik fazilatlarini e'zozlash, hozirgi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjixat bo‘lib yashashga da'vat etadigan hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma'rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifalari belgilangan.

Shuningdek, ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratish aytilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech