10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Energetika
3 Fevral  2020 2067

Quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlov boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi pilot loyihasi boshlanganini e'lon qildi.

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida O‘zbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan 1 GVt quyosh energiyasini ishlab chiqarish dasturining bir qismi hisoblanadi.

«Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi yangi qonun talablariga muvofiq malakali xususiy developer sarmoyadorlarni tanlab olishga qaratilgan ushbu xalqaro tanlov 2020-yil 1 fevralda start oldi va joriy yilning iyul oyigacha davom etadi.

O‘zbekiston hukumati manfaatdor tomonlar (MT)ni Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi veb-saytlaridan topish mumkin bo‘lgan MT so‘rovida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq ravishda qiziqish bildirishga taklif etadi.

Loyihaga ko‘ra, amalga oshirish uchun tanlab olingan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan maydonda 200 MVt dan kam bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok quvvatli fotoelektr (quyosh) stansiyasi hamda 220 kVt kuchlanishli yangi nimstansiya va kuchlanishi 220 kVt bo‘lgan «Surxon» nimstansiyasiga ulanish uchun 52 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi quriladi.

Qayd etish kerak, OTB O‘zbekiston hukumatiga energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda, jumladan, 2013-yilda Quyosh energiyasi institutini ochishdan boshlab, 2014-yilda quyosh energiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasini qabul qilish kabi quyosh energiyasini rivojlantirish, O‘zbekistonning quyosh energiyasi imkoniyatlarini baholashga doir tadqiqotlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatib kelmoqda, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech