11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Xavfsizlik
12 Noyabr  2019 972

Quyichirchiqda gaz chaqnashidan olti nafar fuqaro jabrlandi, 2 kishi vafot etgan

Bugun, 11-noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, “Surum” MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Buning oqibatida uyning tom qismi qulab tushgan va uy jihozlari yongan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro voqyea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibby yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Voqyea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va viloyatning tegishli mutassaddi rahbarlari, Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech