05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xavfsizlik
27 Mart  2020 252

Quvasoy shifoxonasiga joylashtirildi

Qirg‘izistondan avtobusda kelganlar Farg‘ona viloyatida kutib olindi va Quvasoy shifoxonasiga joylashtirildji.

Joriy yil 26-mart soat 23-00 da Quvasoy shahridagi  «O‘zbekiston» chegara postida Qirg‘iziston Respublikasining Qizil-qiya shahridan kelgan jami 67 nafar (62 erkak, 5 ayol, shundan 1 nafar voyaga yetmagan, 2 nafar nogiron, shundan, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Qashqadanyo viloyatidan 5 nafar, Andijon viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 51 nafar) fuqarolar kutib olindi.

Quvasoy shahar «O‘zbekiston» chegara postida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida 1989-yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan Murotov Anvarjonning tana harorati 37,4 S bo‘lganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.

Qolgan 66 nafar fuqarolar maxsus ajratilgan avtobuslarda Quvasoy shahridagi «Kvars» AJga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi, deb xabar beradi  Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech