19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Xavfsizlik
17 Yanvar  2019 1285

Yashirincha olib kirilayotgan ov quroli patronlari aniqlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga ov quroli patronlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Toyota Land Cruiser” avtomashinasida qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro Sh.B. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning avtomashinasida bojxona nazoratidan yashirincha 9 dona ov-qurol patronlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech