06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Xavfsizlik
22 May  2020 306

Qurol topildi

IIBB xodimlarining hushyorligi sababli YPX postida tekshirilgan avtomobilda qurollar topildi.

2020-yil 19-may 21:30 atrofida Sergeli tumanidagi post orqali shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli (davlat raqami 01 O 417 SA) avtomobil ichki ishlar organlari xodimlarining eʼtiborini tortdi.

Oʻsha payti Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida, 2-batalyon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-batalyoni safdori Sh. Xoshimovlar xizmat olib borayotgan.

Mashina toʻxtatilganda, haydovchining oʻzini tutishi xodimlarda shubha uygʻotdi. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab boʻldi. Xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va toʻpponchaning odatda “pugach” deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli Sayidmuxtor A.ga tegishli yedi.

Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun Sayidmuhtor A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech