16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +39,4 °C

Mamlakatimizda
26 Iyun  2019 510

Qurilish vazirligi: “Toshkent shahar Bosh rejasi konsepsiyasi yaqin 1,5-2 oy ichida tayyor bo‘ladi”

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Shaharsozlik masalalari, so‘nggi yillarda shaharsozlik bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi” mavzusida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasi ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalari, aholi punktlarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari ustida jiddiy ish olib borilayotgani ta'kidlandi.

Vazirlik mutasaddilari OAV savollariga javob berar ekan, shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik izlanishlar sohasida ilmiy-texnikaviy siyosat yuritilayotgani, resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyihalar qurilish faoliyatiga joriy etilayotgani haqida ma'lumot berdi.

Tadbirda jurnalistlar Toshkent shahar Bosh rejasining konsepsiyasi nega qayta-qayta kechiktirilayotgani, belgilangan muddatlar ortga surilayotgani, bunga sabab bo‘layotgan omillar haqida so‘radi.

“Bosh reja konsepsiyasining kechikayotgani Toshkent shahar hokimligining muammosi”, — dedi vazir o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov.

Muloqot davomida shahar Bosh rejasi konsepsiyasi turk va ingliz kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyorlanayotgani, ishlab chiqilgandan keyin mas'ul mutaxassislar jalb etilgan holda ko‘rib chiqilishi, shundan so‘ng tasdiqlanishi qayd etildi.

“Ushbu konsepsiya yaqin 1,5-2 oy ichida tayyor bo‘ladi”, — dedi Shuhratxo‘ja Hoshimov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech