06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2020 549

Qumqo‘rg‘onliklarning xayrli tashabbusi

Surxondaryo viloyatida ham kuchaytirilgan tartibda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urildi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan markaziy dehqon bozori yonida 4 ta maxsus dezinfeksiyalangan «Damas» avtomashinasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, zarurat yuzasidan xarid uchun bozorga kelgan fuqarolar «Elga xizmat – oliy himmat» shiori ostida o‘z manziliga yetkazib qo‘yilmoqda.

– Ro‘zg‘or uchun zarurat yuzasidan bozorga kelgandim. Bozor-o‘char qilib bo‘lib chiqsam «Damas» avtomashinasi haydovchilari uyimgacha bepul yetkazib qo‘yishlarini aytishdi, – deydi Shohsanam Ashurova. – Bir-birimizga mehrimiz shifo bo‘lib turgan shu kunlarda bunday g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘ldim. Baraka topishsin tashkilotchilar.

Bozor yonidagi avtomobillar to‘xtash joyida yo‘lga qo‘yilgan «Damas» avtomashinalari orqali xaridorlarni manziliga bepul yetkazib qo‘yish xizmati unga biriktirilgan 1 nafar mas’ul xodim tomonidan doimiy muvofiqlashtirilib turiladi.  Shu sababli ham bu avtomashinalar qatnovida uzilishlar bo‘lmaydi, xaridorlar kutib qolmaydi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech