18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,8 °C

Bilasizmi?
7 May  2019 1149

Qulupnayning foydali tomonlari bilan birga zararli jihatlari ham borligini bilasizmi?

Qulupnayning pishishini barcha orziqib kutadi. Hozir yurtimizda qulupnay mavsumi boshlandi. Bozorlar, turli savdo majmuali, zamonaviy supermarketlar va, hatto, qulupnay yetishtiriladigan katta-katta maydonlar atrofida bu mahsulot savdosi avj olgan. Siz qulupnay haqida qanchalik ma’lumotga egasiz? Uning foydali tomonlari bilan birga zararli jihatlari ham borligini bilasizmi? Bugun biz sizga ushbu mahsulot haqida bir qancha foydali ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Qulupnayni turli taomlar va boshqa mevalar bilan aralashtirmaslik, yaxshisi ovqatlangandan so‘ng 30 daqiqa o‘tgach iste'mol qilish maqsadga muvofiq. Chunki bu meva oshqozon ichida bijg‘ish xususiyatiga ega, och qoringa yeyilsa yoki boshqa mahsulotlar bilan qo‘shib iste'mol qilinsa meda buzilishiga olib keladi.

Qulupnayning tarkibi vitamin va mikroelementlarga boy. Shuning uchun ham bu meva bahorda immuniteti zaiflashgan, darmoni kamaygan odamlarga yaxshi quvvat manbai bo‘la oladi. Uning tarkibining 5-12 foizini uglevodlar tashkil qiladi. Bular glyukoza, fruktoza va saxaroza hisoblanadi. Shu bilan birga limon va olma kislotalari, fenol birikmalar ham mavjud.

Ma'lumki meva va sabzavotlar tarkibidagi bir qator vitaminlar mahsulotni qayta ishlash jarayonida, masalan ko‘p qaynatganda, qovurganda, murabbo tayyorlaganda yo‘q bo‘lib ketadi. Ammo mutaxassislarning ta'kidlashicha qulupnay tarkibidagi vitaminlar qayta ishlash jarayonida ham yo‘qolib ketmaydi.

Foydasi qanday?

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qulupnay moddalar almashinuvini yaxshilashga, tanani tozalashga, ichakdagi turg‘un moddalarni haydashga yordam beradi. Shu o‘rinda bu meva qabziyatdan qiynalgan kishilarga, ozishni xohlayotgan sog‘lom odamlarga tavsiya qilinadi. Kashandalarga tanadan nikotin va boshqa toksin qoldiqlarini quvib chiqarishga ko‘maklashadi. Bu meva shuningdek, immunitetni kuchaytirish xususiyati evaziga turli kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Lekin organizmi zaif keksalar, yosh bolalar hamda me'da-ichaklarda muammosi bo‘lgan bemorlar, allergiyasi bo‘lganlar yesa bir qator noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yuzga surtish ham mumkin

Qulupnayning kosmetologiyadagi foydasi ham ancha oldin aniqlangan. Uy sharoitida ayollar yangi qulupnayni yuzlariga surtib, bir necha daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlashsa yuzning chiroyini ochadi. Bu teridagi pigment dog‘lar va sepkillarni yo‘qotishga ham yordam beradi. Qulupnay yoki uning sharbati ayrim kosmetik vositalardan ko‘ra yaxshiroq ta'sir etadi. Xususan teridagi ajinlarni yo‘qotishda, terini oziqlantirishda yuqori samara beradi.

Ehtiyot bo‘ling: zararli xususiyatlari ham bor

Qulupnay barchaga teng foydali bo‘lavermaydi. Tarkibidagi bijg‘ituvchi kislotalar oshqozon-ichak yo‘llarida kasalligi bor kishilar uchun zararlidir. Bundan tashqari ayrim kishilarda turli toshmalar, shishlar, ich buzilishlari bilan bog‘liq allergiya alomatlarini qo‘zg‘atishi mumkin. Qon bosimi o‘ynab turadigan kishilarga ham uni iste'mol qilishni tavsiya etilmaydi.

Har narsada me'yor bo‘lganidek qulupnayni me'yorida yeyish kerak. Ya'ni haftasiga 3-4 marta 300-400 g miqdorida iste'mol qilish yetarli. O‘z mavsumida paydo bo‘lmagan meva va sabzavotlarning tarkibida zararli nitratlar bo‘ladi va ularda vitaminlar juda ham ozdir.

Bu mevani xomligicha uzoq saqlamagan ma'qul. U hatto muzlatgichda ham uzoq saqlanmaydi. Agar qulupnay nitratlar yordamida yetishtirilgan bo‘lsa, unda u muzlatgich ichida sog‘liq uchun juda zararli mahsulotga aylanadi. Qish payti sotiladigan qulupnaylar issiqxonada yetishtirilgan, foydasi kam bo‘ladi.

Qulupnayni ko‘p sotib olish ham yaramaydi, sotib olinginini ham 1-2 kun ichida yemasangiz aynib qoladi.

Qulupnay saratonda foydali

Kuniga bir piyola qulupnay iste'mol qilish saraton xastaligining oldini olishga yordam berishi aniqlangan. Bu meva hatto mazkur kasallikning ilk bosqichlarida ham  foydalidir. Klinik tadqiqotlar natijalari  kuniga 15 dona qulupnay mevasini iste'mol qilib yurish saraton xavfli kasalligidan himoya qilishini isbotladi. O‘smaga chalingan kishilarda sinab ko‘rilganda qulupnay bilan davolanishdan besh hafta o‘tgach, shishlar tarqalishdan va o‘sishdan to‘xtagani, hatto hajmi kichraygani ma'lum bo‘ldi. Tadqiqotda bu mevani har kuni oz-ozdan iste'mol qilgan bemorlarda kasallik avj olishi to‘xtagan.

Boshqa bir tadqiqotda kuniga 10-15 dona qulupnay iste'mol qilish qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirishi va buning hisobiga salomatlikni mustahkamlashi isbotlandi.

7 yoshgacha bolalarga faqat kechpishar qulupnaydan berish, unda ham kuniga faqat 100 grammdan oshirmaslik kerak. Qulupnay va umuman boshqa mevalarni iste'mol qilishidan oldin bolalarning qo‘lini sovunlab yuvishni unutmang. Bu farzandingizning sog‘-salomat, o‘zingizning bexavotir bo‘lishingizni ta'minlaydi.

Asilabonu Hamzayeva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech