08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Voqea-hodisalar
4 Iyul  2020 457

Qozogʻistonda yana qatʼiy karantin joriy etiladi

Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari koʻpayib borayotgani sababli 5-iyuldan 14 kunlik karantin cheklov choralari joriy etiladi.

Ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar oʻtkazish taqiqlanadi va odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda koʻcha va xiyobonlarda yurishi mumkin emas, yoshi 65dan oshganlarning koʻchaga chiqishi taqiqlanadi.

Goʻzallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator obyektlar faoliyati toʻxtatiladi.

Davlat organlari, idoralar, kompaniya va tashkilotlarda ijtimoiy masofa saqlanishi talab qilinadi.

Tibbiyot markazlari, dorixonalar, oziq-ovqat doʻkonlari va ochiq bozorlar ishlashda davom etadi.

Zarurat tugʻilsa, karantin cheklovlari uzaytirilishi yoki yana-da qatʼiylashtirilishi mumkin, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech