19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Bilasizmi?
19 Iyun  2019 507

Qozog‘istonda skiflar qarindoshlarining noyob manzilgohi topildi

Olimlar Qozog‘iston sharqida sak ko‘chmanchi xalqining o‘troq yashagan birinchi manzilgohini topdilar. Kech bronza davri va erta temir asriga tegishli ushbu qadimgi shaharcha Besterek ovuldan uch kilometr shimolda va taniqli Oqbour tarixiy yodgorligi yonida joylashgan.

Professor Zaynulla Samashev rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya ko‘plab don yanchadigan o‘g‘irlar, bezaksiz kulolchilik buyumlari, qayroq toshlar, so‘rilar, ot, qo‘y va echkilar suyaklarini topdi.

«Ushbu yodgorlikni dastlabki taxminlarga ko‘ra, miloddan avvalgi XI-IX asrlarga taalluqli, deyish mumkin. Topilmalar dastlabki saklarning mintaqada o‘troq holda yashaganidan dalolat beradi. Ularda dehqonchilik, uy hayvonlarini boqish, metallurgiya va  ov qilish rivojlangan», deydi Qozog‘istonning YK-news nashriga professor Zaynulla Samashev.

Topilgan qadimgi shahar ilmiy qiziqish uyg‘otmoqda, negaki Sharqiy Qozog‘iston hududida o‘troq holda yashagan saklar hali uchramagandi. Yaqin vaqtgacha skiflarga qarindosh hisoblangan qadimgi saklar faqat ko‘chmanchi hayot tarzini yuritgan, deb hisoblanardi.

Oqbour-1 aholi punktida qazish ishlari kelgusi yilda yana davom ettiriladi. Olimlarning ushbu hududdagi turli yodgorliklar maqomini aniqlashi, tasniflashi va sanalashtirishi kerak. Mazkur jarayonda Rossiya, Turkiya, Fransiya va Ozarbayjon arxeologlarining ishtirok etishi taxmin qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech