26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Voqea-hodisalar
15 Iyun  2020 883

Qozogʻiston bosh vaziri endi masofadan ishlayapti

Qozogʻiston bosh vaziri oʻzini yakkalash tartibida ishlamoqda, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan sogʻliqni saqlash vaziri esa shifoxonada.

 

Xabaringiz bor, Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovda COVID-19 ga test tekshiruvidan oʻtganda koronavirus aniqlangan. Va 14 u COVID-19 tashhisi bilan yuqumli kasalliklar gospitaliga yotqizilgan.

Hukumat rahbari Asqar Mamin ayni paytda oʻzini yakkalashga olgan, biroq u videokonferensaloqa shaklida ishlashni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA “Kazinform” xalqaro axborot agentligi manbasiga tayanib.

“2020-yil 12-iyunda QR bosh vaziri Asqar Mamin sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov hamrohligida Jambul viloyatiga ishchi tashrifini amalga oshirgan edi. COVID-19 ga test tekshiruvidan oʻtgan Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlangani maʼlum boʻlgach, A.Mamin ham koronavirusga test topshirgan va uning natijasi manfiy chiqqan”, — deya qayd etadi “Kazinform” bosh vazir matbuot xizmati rahbari Zarina Nurlanova soʻzlariga asoslanib.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 15-iyun holatiga Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 14 809 ga yetgan (bir kunda +313 kishi), sogʻayganlar soni esa 9 188 nafarni tashkil etadi. Vafot etganlar soni esa 77 ta.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech