30 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Transport
14 Dekabr  2019 759

“Qo‘yliq”dagi ikkita ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

15-dekabr soat 22:00dan 19-dekabr soat 23:00 ga qadar Bektemir tumanidagi asosiy yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yer osti yuqori bosimli gaz quvurini ta'mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan,

- “Qo‘yliq dehqon bozori”ning old tomoni, Toshkent avtomobil halqa yo‘lidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab shu yo‘lga o‘tish (dublyor)  qismigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi avtomobillar harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi.

- “Qo‘yliq universal savdo majmuasi”ning old tomonidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Toshkent avtomobil halqa yo‘liga o‘tish  (dublyor)  qismidagi oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi avtomobillar harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech