26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Xavfsizlik
17 Iyul  2020 914

Qotillikka undagan qarz

Jizzaxlik fuqaro qarzini qaytarmaslik maqsadida qotillikka qoʻl urdi.

Joriy yil 12-iyulda Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Zilol mahallasida istiqomat qiluvchi 38 yashar fuqaro murojaat qilib, akasi 56 yoshli akasining yoʻqolib qolganligini bildirdi.

Yoʻqolgan shaxs maktabgacha taʼlim tashkiloti sport toʻgaragi tarbiyachisi boʻlib ishlab kelgan. U joriy yil 8-iyul kuni soat 02:00 lar atrofida mahallasi hududida sport bilan shugʻullanish uchun yugurishga chiqib izsiz yoʻqolgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari boshlab yuborildi. Natijada Sharof Rashidov tumani, Saraylik mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 33 yashar fuqaroning jabrlanuvchini bosh va ensa sohasiga qattiq toʻmtoq jism bilan urib, Obod mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi roʻparasidagi chuqurga koʻmib yuborgani aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaroning marhumdan pul qarzi boʻlgan. Fuqaro qarzdorlikni qaytarmaslik uchun mazkur qotillikka qoʻl urgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech