06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Xalqaro hamkorlik
1 Aprel  2020 758

Qo‘shnichilik sinovli kunda bilinadi

Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga koronavirus «COVID-19» kasalligini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi.

«O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami» shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi «Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatimizdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oldi, deb xabar beradi Andijon viloyati hokimligi
matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech