19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Mamlakatimizda
3 Yanvar  2019 1328

Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr, bugun oxirgi kun

Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr jamoasining  konsert dasturlari bugun,  3-yanvarda yakuniga yetadi.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan Yangi yil bayramining bosh archasida o‘z konsert dasturlarini taqdim etayotgan edi.

Bu yilgi bayram tantanalari avvalgilardan tubdan farq qilmoqda.

 Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy orkestrlarning chiqishlari esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Xususan, kuni kecha harbiy san’atkorlar soat 15:00 da Toshkent metropolitenining «Do‘stlik» bekatidan boshlab, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan shahar aholisi va mehmonlariga a’lo kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng konsert shahar bo‘ylab, «Oybek» metrosidan «Paxtakor»gacha, Xalqlar do‘stligi saroyidan Mingo‘rikkacha davom etdi.

Ta’kidlash kerakki, badiiy dastur davomida kuy-qo‘shiqlarni mohirlik bilan ijro etgan san’atkorlarning qorbobo kiyimidagi chiqishlari davralarga o‘zgacha fayz kirityapti.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech