15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Bilasizmi?
17 Oktyabr  2019 407

Qora dengiz sohilida eng ko‘p quyun ko‘tariladigan joy ma'lum qilindi

Qora dengiz sohilida quyunlar eng ko‘p ko‘tariladigan joy Taman va Sochi o‘rtasida ekani ma'lum bo‘ldi, deya xabar beradi Gidrometeorologiya markazi ma'lumotlariga tayangan RAA «Novosti».

Qora dengiz qirg‘og‘i va Qrim yaqinidagi quyunlar xavfini baholash esa «Tayfun» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi dasturiy tizimlar va ishlanmalar laboratoriyasi tadqiqotchisi Olga Kalmikova tomonidan amalga oshirilgan.

«Quyunlarning aksariyati Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlaridagi Taman – Sochi (Adler) stansiyasida paydo bo‘ladi. Kamroq darajadagi quyunlar Qrim Respublikasining qirg‘oqlariga yaqin joylarda kuzatiladi - yiliga 3 holatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda. Quyunlarning eng katta zichligi Sochi va Tuapse rayonlarida qayd etilgan», deya qayd etiladi materiallarda.

Mazkur akvatoriyada hosil bo‘ladigan quyunlar soni bo‘yicha Rossiyaning eng xavfli mintaqasi hisoblanadi. Qora dengiz sohilidagi ushbu joyda apreldan oktyabrga qadar o‘rtacha hisobda yiliga 40 ta quyun kuzatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech